Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK - barcha islohotlarning faol ishtirokchisi

14 Yanvar 2026, 9:15 130

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarga befarq bo‘lmaslik, faol fuqarolik pozitsiyasini egallash - bugunning talabi.

Har bir fuqaro davlat va jamiyat hayotidagi jarayonlarda faqat kuzatuvchi emas, ishtirokchi bo‘lishi shart.

Zero haqiqiy fuqarolik jamiyati, xalqchil davlatning asl maqsad va ifodasi shunda.

Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi mehnat jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda OKMK boshqaruv raisi maslahatchisi Kamola Umaraliyeva, Mehnat faxriysi va "Sog‘lom avlod uchun" xayriya fondi direktori Marhamat Yuldoshxodjayevalar tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining ahamiyati haqida so‘z bordi.

Shuningdek, mamlakatimiz bo‘ylab, joriy yilning 15-yanvaridan start olayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tishining muhim va ahamiyatli jihatlari, kombinat mehnat jamoasi bu jarayonda ham ilg‘or bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech