"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Andijon davlat universiteti basketbol maydonida ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi kubogi uchun bahslar o‘z yakuniga yetdi.
E'tiborlisi, kubok bahslarida OKMK ayollar basketbol jamoasi barcha uchrashuvlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Va 13 bora O‘zbekiston kubogiga ega chiqishdi.
Murabbiy Jahongir Xodjayev shogirdlarining hisobida 10 karra mamlakat chempionligi, 12 karra O‘zbekiston kubogi va 8 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi kabi yutuqlar borligini alohida ta'kidlash joiz.
OKMK jamoasi a'zolari – Yelena Xusnitdinova, Marina Zaxarova, Veronika Maskalyova, Natalya Koneva, Darya Alikberova, Xristina Avdeyeva, Aleksandra Shubsova, Dilyara Asanova, Tatyana Komarova, Tatyana Soy, Farangiz Jalilova, Anastasiya Soy, Inna Shek, Elvira Salovatovalarni ushbu g‘alabalari bilan muborakbod etib qolamiz.
Axborot xizmati