"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida o‘quv yili tugab, yozga ta’til mavsumi boshlandi. Yurtimizning so‘lim go‘shalarida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolajonlarni yozga dam olishlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi.
Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrusidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham mavsumga katta tadorik ko‘rildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Sherali Kucharovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2026-yil 3-apreldagi 30/26-30-sonli bayoni ijrosini ta’minlash va “Olmaliq KMK” AJning 2026-yil 23-apreldagi №577-sonli “2026-yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi buyrug‘i chiqarilib ijro uchun qabul qilingan.
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 2026-yilgi yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilinib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mavsumni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
Maskanlarni shaylash: Iyun oyiga qadar barcha oromgohlardagi yotoqxona va maishiy binolar ta’mirlanib, hududlar to‘liq obodonlashtirildi.
Malakali kadrlar: Olmaliq shahar xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda eng sara pedagoglar, tarbiyachilar, oshpazlar va diyeta hamshiralari ishga jalb etildi.
Tibbiy xavfsizlik: Shahar tibbiyot birlashmasi bilan kelishilgan holda, har bir smena 1 nafar shifokor va 1 nafar hamshira bilan ta’minlandi.
Salomatlik nazorati: Oromgoh xodimlari majburiy tibbiy ko‘rik va sanitariya kurslarida o‘qitildi. Bolalar esa poliklinikalardan 079-sonli tibbiy ma’lumotnoma asosida qabul qilinadi.
Mazmunli hordiq: Bolalar uchun vatanparvarlik ruhidagi ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari dasturi tashkil etiladi.
To‘g‘ri ovqatlanish: Sanitariya qoidalariga mos haftalik taomnoma tuzilib, maskanlarga faqat sifat sertifikatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi.
Oromgohlarda, shuningdek, favqulodda vaziyatlar va infeksiyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha eslatma va ko‘rgazmali bannerlar o‘rnatildi. Ishlarning bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
2026-yilgi sog‘lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish va o‘tkazish maqsadida joriy yilning 4-iyun kuni oromgohlarga jalb qilingan xodimlar uchun shahar xalq ta’limi bo‘limi, shahar tibbiyot birlashmasi, sanepidem bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar xamda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Olmaliq shahar sanepedem bo‘limi mutaxasisslari tomonidan oromgohlarga jalb qilingan barcha xodimlar uchun amaldagi sanitariya qoida va me’yorlar talablari tushuntirilib, sanitariya-minimumga o‘qitilish ishlari tashkil etildi. Sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq mavsum davomida bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish bo‘yicha bir xaftaga mo‘ljallangan taomnoma shahar sanepedem bo‘limi mutaxassislari bilan kelishilgan holda tayyorlandi.
Shuningdek, Avtomobil transporti boshqarmasi tomonidan oromgohlarga mavsum davomida navbatchi avtotransport vositasi, oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini tashish uchun maxsus transport vositalari hamda “Tez yordam” mashinalari ajratilishi belgilangan.
Bugungi kunda kombinat tasarrufida bir qator bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Usmonli qishlog‘ida joylashgan “Istiqlol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 2026-yil yoz mavsumida 4 smenada faoliyat yuritishi, I smena 9-iyun kunidan boshlanishi belgilangan. Mazkur oromgohda bir smenada 200 nafar, jami 800 nafar bolalar sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Bo‘stonliq tumani, Yusufxona qishlog‘ida joylashgan “Metallurg” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Ushbu oromgoha bu yilgi yoz mavsumida 4 smenada faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, I smena 11-iyun kunidan boshlanadi va bir smenada 200 nafar, jami bo‘li to‘rt smenada 800 nafar bolalar dam olishi rejalashtirilgan.
Bo‘stonliq tumani, Qoramozor qishlog‘ida joylashgan “Gulzor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ham mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish uchun shay holatga keltirildi.
Oromgoh yoz mavsumida 4 smenada faoliyat yuritib, 13-iyun kuni birinchi smena dam oluvchilarini o‘z bag‘riga qabul qiladi. Bir smenada 450 nafar, jami 1800 nafar bolalar ushbu oromgohda sog‘lomlashtiriladi.
Piskent tumanidagi “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ham mavsumga barcha tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazildi. Ushbu oromgoh 3 smenada faoliyat yuritib, birinchi smena dam oluvchilarini 16-iyun kunidan boshlab qabul qilib oladi. Bir smenada 200 nafar, jami 600 nafar bolalar sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun joriy yilda kombinat tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarda 4 ta smena tashkil etilib, yoz mavsumi davomida jami bo‘lib, 4000 nafar bola dam oldirilishi belgilangan.
Axborot xizmati