"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishchi-xodimlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, onlayn qimorbozlikning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi uchrashuvlar kuni kecha 2-Mis boyitish fabrikasi va Texnologik transport boshqarmasida tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati IIBBning OKMKdagi IIB xodimlari, “Hilol” jome masjidi imom noibi Saidmuhammadxon Maydinxonov hamda bank vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda global tarmoq orqali yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan kiberjinoyatchilik, xususan, onlayn qimor (bukmekerlik o‘yinlari ning zararli oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Bank xodimlari o‘z ma’ruzalarida kredit mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish, kafilning majburiyatlari va moliyaviy mas’uliyat haqida so‘z yuritishdi. Ayniqsa, fuqarolarning xabardorligisiz, ularning shaxsiy ma’lumotlari va plastik karta kodlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirish kabi jinoyatlar ko‘payib borayotgani alohida qayd etildi. Bunday tuzoqlarga tushmaslik uchun begona shaxslarga SMS-kodlarni aslo aytmaslik va shubhali havolalarga (link) kirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda inson qadri, mehnat intizomi, vijdon erkinligi va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Korxona mulkini asrash, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish har bir xodimning burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Bu kabi tizimli profilaktik tadbirlar kombinat ishchilarining huquqiy ongi va moliyaviy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Axborot xizmati