Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 24-25 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vena shahrida bo‘lib o‘tgan «Euromoney 2022» - Markaziy va sharqiy Yevropa forumida ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati ham bor.
Ma'lumot uchun, nufuzli «Euromoney» nashri tomonidan 27 yildan beri tashkil etiladigan Markaziy va sharqiy Yevropa forumi ushbu mintaqaga qiziqqan moliya bozori ishtirokchilari va investorlar uchun eng muhim yig‘ilish platformasi hisoblanadi.
Forum dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan 1200 ga yaqin delegatlar, 600 dan ortiq xalqaro banklar, investorlar va kompaniyalar hamda 100 dan ortiq spikerlar ishtirokidagi panel' sessiyalar, muhokamalar va taqdimotlarni o‘z ichiga oldi.
- 12 ta turli fondlar, banklar va konsalting kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlarda hamda panel muhokamalarida kombinat rahbariyati tomonidan OKMKning moliyaviy holati va rejalari bo‘yicha ma'lumot berildi. Xalqaro investorlar kombinat bilan hamkorlikni juda istiqbolli deb topdilar.
Xalqaro kapitalni o‘zimizga jalb qilgan holda investision loyihamizni jadallashtirish maqsadida biz ilk navbatda moliyaviy natijalarimizni to‘g‘irlab, ESG-auditni amalga oshirish, IPOga chiqish va Yevrobondni chop etishni rejalashtirganmiz, deydi OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov.
Uchrashuvlar davomida xalqaro investorlarga O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan samarali choralar, davomli islohotlar, 2022 - 2023 yillarda aksiyalarni mahalliy va xorijiy fond bozorlarida ommaviy joylashtirilishi rejalashtirilgan «O‘zavto Motors» AJ, «O‘zmetkombinat» AJ va «Olmaliq KMK» AJlarning moliyaviy holati va rejalari, shuningdek, davlatimizda investorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Yevropaning qator davlatlari bo‘ylab tashkil etilgan “roadshow” uchrashuvlari davom etmoqda.
OKMK Axborot xizmati