• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: eksport prognozi muddatidan oldin bajarildi

25 Dekabr 2023, 16:48 1249

2023-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan umumiy qiymati 645,4 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, belgilangan eksport prognozi muddatidan avval bajarildi.

Jumladan, mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 453,3 mln dollarga 55 175 tonna mis mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan.

Shuningdek, 109,6 mln dollarlik 41 007 tonna rux mahsulotlari xorijga yuborilgan.

Bundan tashqari, xorijiy iste'molchilarga 813 tonna molibden mahsuloti yetkazib berilgan. Ushbu mahsulot eksportining qiymati 46,4 mln dollarni tashkil etgan.

Mis kuporosi eksportida esa 10,2 mln dollarlik 4 842 tonna mahsulot xorijga jo‘natilgan.

Boshqa mahsulotlar eksportida esa 25,9 mln dollar mablag‘ qayd etilgan. 

Ma'lumot uchun: kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan-yilga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, joriy yilda mis kuporosining eksportida yangi bozorlar – Meksika va Finlyandiya kabi davlatlari o‘zlashtirildi. Mazkur mahsulotning eksport qilinishi kombinatda ushbu mahsulotning sifatini yanada yaxshilanishi, sifat sertifikatlarini joriy qilinishi va maxsulotning jahon standartlariga to‘liq mos kelishi sababli desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan 22,8 mln dollar qiymatidagi mis katankasi mahsuloti Amerika Qo‘shma Shtatlari davlatiga eksport qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech