• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"OKMK E'tirofi-2022”: Faollarga rag‘bat

29 Dekabr 2022, 16:14 1991

Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida yoshlarga oid davlat siyosatining 2022-yildagi ijrosiga bag‘ishlangan "OKMK E'tirofi-2022” bayram tadbiri tashkil etildi.

Birinchi bor o‘tkazilayotgan tadbirda yil davomida turli xil tanlovlar va sport musobaqlarining g‘oliblari, sport arenalarida kombinat sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar dastlab, qizil yo‘lak orqali kirib kelishdi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK Boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov kombinatda yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sportchilarimizning jahon arenalarida erishayotgan yutuqlari haqida to‘xtalib, barchani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, “Kombinat nufuzini xalqaro maydonda e'tirof etilishida katta hissa qo‘shgan fidoyi yosh xodim” nominasiyasi bo‘yicha Amir Abidov, Elyor Jumayev, Ulug‘bek Ro‘ziyev, Farhod Maksumovlar rag‘batlantirildi. Kombinatning yosh olimlari va mutaxassislari joriy yilning 14-18 noyabr kunlari Koreya davlatida o‘tkazilgan 17-xalqaro yangi va nano materiallar simpoziumida bir qator ilmiy ishlanmalar namoyish etilib, taqdimotlar qilingan edi. Ularning sa'yi-harakatlari evaziga Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan OKMKga 15 mlrd von(12 mln AQSh dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, 2022-yilda Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan kasb mahorati tanlovlari g‘oliblari “OKMK e'tirofsi-2022” statuetkasi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Ro‘yxat

“Yilning eng yaxshi yosh chilangar ta'mirlovchisi” – Muhammadali Isroilov(Mis boyitish fabrikasi);

“Yilning eng yaxshi yosh iqtisodchisi” – Timur Salixov(“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti);

“Yilning eng yaxshi yosh marksheyderi” – Ozodjon Xaytaliyev(Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi);

“Yilning eng yaxshi yosh gazelektropayvandchisi” - Shahzod Sayidazimov(Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi);

“Yilning eng yaxshi yosh boyituvchisi” - Davron Eraliyev(Mis boyitish fabrikasi);

“Yilning eng yaxshi yosh muhandis-quruvchisi” – Rasul Erkinov(Kapital qurilish boshqarmasi);

“Yilning eng yaxshi yosh rahbari” – Abdurauf Mirzakarimov(Ijro apparati, Bosh mexanik xizmati);

“Yilning eng yaxshi yosh metallurgi” – O‘tkirjon Qahhorov( Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi);

“Yilning eng yaxshi yosh dasturchisi” – Akmaljon Jamoliddinov( Angren kon boshqarmasi);

“Yilning eng yaxshi yosh engergetiki” – Dilshod Abduvaliyev(Elektr tarmoqlari boshqarmasi);

“Yilning eng yaxshi yosh hisobchisi” – Hamidjon Bozorov(Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi);

“Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” – Azamat Abdiyev(Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi).

Shuningdek, “Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda eng faol bo‘lgan korxona rahbari” sifatida Angren kon boshqarmasi direktori Abduhalloq Mirahmedov e'tirof etildi.

“Yilning eng faol madaniyat xodimi” esa “Metallurg” MS direktori Sahobiddin Yunusaliyev bo‘ldi.

“Yilning eng faol Axborot xizmati xodimi” sifatida “OKMK TV” telestudiyasi bosh muharriri Shoira Matmurotova taqdirlandi.

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi 39-MTT mudirasi Ozoda Kamolova “Yilning eng faol ayol xodimasi” deb topildi.

OKMK nafaqat ishlab chiqarish sohasida balki sportda ham ko‘plab yutuqlarga erishmoqda. Ayollar futboli bo‘yicha CAFA-2022 Markaziy  Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishda  AGMK-W jamoasi bir vator  futbolchilarini salmoqli hissasi bor. AGMK-W jamoasining futbolchilari - Karina Gamadeyeva, Aleksandra Li, Sevinch Xabibullayeva, Ruxshona  Olimjonova, Asalxon Aminjonovalar “ Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

Bundan tashqari, sportning kurash, stol tennisi, shashka va og‘ir atletika turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari - Sardor Safarov,  Xumoyun Yuldashev, Sohibjon Boymatov, Xolmirza Hasanboyev, Bibigavhar Po‘latboyeva, Zemfira Azatova, Gulxumor Jannazarova, Kemran Shirinov, Yelena Xardina, Konstantin Xardinlar ham ushbu nominasiya bilan rag‘batlantirildi.

Sportchilarni yuksak marralarni zabt etishlarida albatta murabbiylarning o‘rni beqiyos. Tadbir davomida murabbiylar -  Aleksandr Romanenko(pauerlifting), Bahodir Sheranov(kurash), Vladimir Mo‘minov(gandbol), Hasan Qayumov(gandbol), Aziz Teshaboyev(voleybol), Jahongir Xodjayev(basketbol) “Yilning eng faol sport murabbiyi” sifatida e'tirof etildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Yoshlar spartakiadasi-2022” sport musobaqasida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi jamoalari kuchli uchlikdan  joy olishgandi. Ushbu jamoalarga  Kubog va pul mukofotlari taqdim etildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinining ligasi bahslari g‘oliblari bo‘lgan “Osmondagi bolalar”, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Mis eritish zavodi jamoalari ham kubog va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

TAdbirda "Metallurg" madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech