• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK geologlari e'tirof etildi

05 Aprel 2023, 9:3 1851

Xabaringiz bor, mamlakatimizda aprelning birinchi yakshanbasi geologlar kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning 4-aprel kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilib kelayotgan soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan OKMK Boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida geologlar muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, ularni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, sohaning bir guruh ilg‘orlari Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Ma'lumki, kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan mehnat qilayotgan soha xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi geologiya xizmati xodimlari-2023” kasb mahorati tanlovi o‘tkazilgan edi. Tadbirda ushbu tanlov g‘oliblari ham rag‘batlantirildi.

Jumladan, tanlovning “Eng yaxshi yosh geolog” nominatsiyasiga Qalmoqqir kon boshqarmasi uchastka geologi Doston Abdusamatov loyiq ko‘rildi.

Angren kon boshqarmasi Ko‘chbuloq koni namuna oluvchisi Mirg‘olib Iymazov hamda Ohak zavodi Sovuq-buloq koni namuna oluvchi Barno Aralboyeva “Eng yaxshi namuna oluvchi nominatsiyasi” g‘olibi bo‘lishdi.

“Me'yoriy hujjatlar va JORC kodeksi talablari bilan ishlovchi eng yaxshi yosh geolog” nominatsiyasiga esa Qalmoqqir KB geologiya razvedka partiyasi xodimi Hayotxon Xolqulova munosib deb topildi.

Qalmoqqir KB Markaziy karyer uchastka geologi Daler Yuldashev esa “Eng yaxshi IT (axborot texnologiyalar)dan foydalanuvchi geolog" nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

Qalmoqqir KB Sharqiy uchastka geologi Dilnoza Xamrayeva "Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha eng yaxshi geolog" nominanti bo‘ldi.

Kovuldi konining Bosh geologi Vadim Kosov boshchiligidagi geologlar “Eng yaxshi geologiya xizmati jamoasi”, deya e'tirof etildi.

Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech