"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki mamlakatimizda aprel oyining birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Sana munosabati bilan bugun OKMK geologiya sohasi vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan geologiya sohasiga katta e’tibor qaratilayotganligi sababli mamlakatimizda istiqbolli konlar ochilayotganini ta’kidladi, kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda ham soha vakillarining muhim o‘rni borligi haqida to‘xtalib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Kombinatning xomashyo bazasini kengaytirish va yangi konlarni o‘zlashtirishda mazkur soha xodimlarining mashaqqatli mehnati yotganligi tadbirda alohida e’tirof etidi.
Tadbir davomida 11 nafar ilg‘or soha xodimlari OKMK Faxriy Yorlig‘i bilan, 5 nafari esa O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Faxriy Yorlig‘i bilan mukofotlanishdi.
Shuningdek, tadbirda “Eng yaxshi geologiya xizmati xodimlari” kasb mahorati tanlovining g‘oliblari 9 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanishdi.
“Metallurg” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Axborot xizmati