• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK geologlari sharaflandi

01 Aprel 2022, 17:30 1807

Xabaringiz bor, 2018-yil 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Ushbu qonunga ko‘ra, aprel oyining birinchi yakshanbasi - geologlar kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham geologiya xizmati muhim ahamiyat kasb etib, ushbu soha vakillarisiz texnologik ishlab chiqarish zanjirini tasavvur etish mushkul. Aynan geologlarning  ish tajribasi bilan kombinat konlaridagi boy tarkibli rudalar aniqlab kelinmoqda.

Bugun kombinat geologlarining kasb bayrami "Metallurg" MSda katta tantanalar bilan nishonlandi. Tadbirda so‘zga chiqqan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, OKMK bosh muhandisining o‘rinbosari Uzeir Orudjov so‘z olib kombinat geologlariga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.

Sana munosabati bilan ishlab chiqarishda faol bo‘lgan bir guruh soha xodimlari mukofotlandi. Jumladan, 1 nafar xodim ikkinchi darajali,  6 nafari esa uchinchi darajali "Konchilik shuhrati" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, 10 nafar soha vakili OKMK Faxriy Yorlig‘i bilan, 29 nafari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, 4 nafar geolog OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ham taqdirlandi.

Tadbir davomida soha xodimlari ham o‘z dil so‘zlarini bayon etishdi.

"Metallurg" MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech