Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniya davlatida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forumda "Yashil" energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, “KfW” banki va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘rtasida 1,4 mlrd yevro kredit ajratish bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Fiberpipe kompaniyasi bilan birgalikda Germaniya texnologiyalari asosida kompozit quvurlar, sig‘imlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta'lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar ortib, Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6 yilda jalb qilingan.
Ma'lumot uchun: hamkorlik aloqalari doirasida 2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda Germaniyaning BASF konserni, Helaba banki, “Menzel”, Takraf GmbH kabi kompaniyalari bilan OKMK o‘rtasida bir qator manfaatli shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, Chirchiq shahrida kombinat va Germaniya davlati bilan hamkorlikda "Deutsche IT-AGMK" qo‘shma korxonasi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, kombinat va Germaniyaning Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Axborot xizmati