• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Germaniyadan konveyerlar xarid qiladi

23 Yanvar 2023, 10:57 1892

OKMK Germaniyadan mis rudalarini qayta ishlashda keng foydalaniladigan konveyerlarni xarid qiladi.

Mazkur buyurtma AUMUND Fördertechnik texnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tashkil etilganidan beri eng yirik buyurtma sifatida baholanmoqda.

Global Mining Reviewning xabar berishicha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AUMUND Fördertechnik kompaniyasiga og‘ir konveyerlar partiyasi uchun buyurtma bergan.

Shartnoma doirasida kombinatga 54 ta zanjir tasmali plastinasimon konveyer lenta(tasma)lari jamlamasi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Nashrning qayd etishicha nemis kompaniyasi tashkil etilganidan beri bu eng yirik buyurtma hisoblanadi.

3-Mis boyitish fabrikasi loyihasi bosh texnologi Muhriddin Nuriddinovning ma'lum qilishicha, mazkur zanjir tasmali plastinasimon konveyerlarning 48 tasidan 3-MBFning yirik maydalangan ruda ombori, o‘rta maydalash va g‘alvirlash uchastkalarida foydalaniladi. 6 tasi esa “Yoshlik-1” koni negizida 1-bosqich KKD 1500/180 rusumli maydalagichlari uchun mo‘ljallangan.

Dastlabki oltita konveyerlar boshlang‘ich yanchgichlar qarshisiga joylashtiriladi. Qolgan tasma(lenta)lar rudalar shtabellari, ikkilamchi yanchgichlar va ikkilamchi ekranlarga xizmat ko‘rsatishi  rejalangan.

Mo‘ljallanishiga bog‘liq holda tasmalarning eni 1,6 m dan 2,4 metrgachani tashkil qiladi. Ushbu konveyerlardan eng kichigi soatiga 714 tonnadan ziyod rudani, eng yirigi esa soatiga 6 ming tonna rudani tashish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning yozida Finlyandiyaning Metso Outotec kompaniyasi OKMK bilan 100 mln. yevroga teng bo‘lgan uskunalarni yetkazib berish yuzasidan manfaatli shartnomani tuzgan. Barqaror rivojlanish texnologiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda eng yetakchilardan biri bo‘lgan Metso Outotec kompaniyasi tomonidan yetkazib berilayotgan texnologik uskunalari bunyod etilayotgan “Yoshlik-1” koni uchun mo‘ljallangan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech