• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK homiyligida “Quruvchilar” bog‘i barpo etildi

17 May 2024, 16:14 652

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bayrami arafasida Olmaliq shahri aholisiga o‘ziga xos tuhfa hozirladi.

Bugun OKMK homiyligida yangitdan barpo etilgan “Quruvchilar bog‘i” foydalanishga topshirildi.

Ushbu bog‘ning ochilish marosimida OKMK rahbariyati, Olmaliq shahar hokimligi mas'ullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov bir paytlar tashlandiq holga kelib qolgan “Quruvchilar bog‘i” endilikda olmaliqliklarning sevimli go‘shasiga aylanishini ta'kidladi. Ushbu bog‘ hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda keng ko‘lamda olib borilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijasi ekanligini, kombinat “Yashil makon” loyihasining faol ishtirokchisi, "Yashil hayot uchun" degan ezgu g‘oyani faol targ‘ibotchisi bo‘lishda davom etishi bildirib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, bog‘ning qurilish ishlari 2023-yilda boshlangan bo‘lib, hudud qiyalik bo‘lganligi bois, tuproq to‘kilib, tekislandi. Elektr energiyasi tortilib, quduq qazildi. Bog‘da amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 3150 tup daraxt ko‘chatlari, 25000 tup gullar ekildi. Umumiy maydonni 7,5 gektar bo‘lgan bog‘ga 20 dona quyoshdan quvvatlanadigan yoritgichlar va dam oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘rindiqlar o‘rnatildi. 1300 metr beton yo‘laklari yotqizilib, bog‘ atrofi to‘siqlar bilan o‘raldi.

Shuningdek, bog‘da batut va arg‘imchoqlarni o‘zida jamlagan bolalar maydonchasi ham barpo etildi.

Bundan tashqari, bog‘da kombinat korxonalarining tarixi, faoliyati, mehnat faxriylari va avval ishlagan rahbarlar, mahsulotlar haqida ma'lumotlar beruvchi pannolar ham qo‘yildi.

Tadbir ishtirokchilari bog‘ bilan tanishib, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech