Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida boshqaruv va texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga raqamlashtirishning keng joriy etilishi natijasida ishchi-xodimlarga qator qulayliklar yaratilmoqda.
Jumladan, ishchi-xodimlarga beriladigan bepul ovqatlanish talonlari qog‘oz shakli elektron variantga o‘zgartirilib, “E-Talon” tizimi joriy etildi. Shuningdek, kombinat bog‘chalariga navbatga qo‘yish ham onlayn tarzda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Ishchi-xodimlarning oylik ish haqi bo‘yicha ma'lumotlarini qog‘oz shaklda berilishidan ham voz kechilib, elektron shaklga o‘tkazildi.
Endilikda ushbu xizmatlar va bir qator qulayliklar telegram messenjeridagi OKMK | AGMK - @agmk_bot botiga integratsiyallashtirildi.
Siz quyida ushbu qulayliklardan qanday foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirib o‘tamiz.
AGMK_BOT - Rasmiy boti
Telegramm botning (@agmk_bot) asosiy servislari:
Ushbu xizmatlar “Olmaliq KMK AJ” ishchi-xodimlariga ish haqi varaqalarini taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng amal qiladi.
Buning uchun xodim tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘z bo‘limining mas'ul shaxsiga (operatoriga) murojaat qilishi kerak.
“Oylik ish haqi” xizmati
Ushbu xizmat kombinat ishchi-xodimiga oylik ish haqi to‘g‘risidagi elektron ma’lumot olish imkonini beradi.
Elektron ma’lumotnomani olish va tizimdan ro‘yxatdan o‘tish uchun ishchi-xodim o‘z bo‘limining mas’ul shaxsiga (operatoriga) murojaat qilishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tishda xodim operatorga o‘zinig JShIR raqamini, internetga ulanishni qo‘llab-quvvatlovchi va Telegram dasturida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini taqdim etishi shart.
So‘ngra, siz Telegram botini (agmk_bot) ishga tushirishingiz, interfeys tilini va ish haqi haqida ma’lumot olishingiz kerak bo‘lgan oyni tanlashingiz kerak.
“Murojaat” xizmati
Ushbu xizmat Olmaliq KMK AJ xodimlarining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr va takliflar uchun murojaatlarini yuborish uchun mo‘ljallangan:
“Talonlar” xizmati
Ushbu xizmat “Olmaliq KMK” AJ bo‘linmalari oshxonalarida foydalanilgan davolash profilaktik ovqatlanish va bepul talonlarning soni to‘g‘risida ma'lumot olish uchun mo‘ljallangan.
Ayni paytda ushbu xizmat Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Angren kon boshqarmasi va Ijro apparati kabi tarkibiy bo‘linmalarda ishlamoqda.
“Bolalar bog‘chasi” xizmati
Ushbu xizmat “Olmaliq KMK” AJ bolalar bog‘chalariga ariza yuborib navbatga turish va navbatni ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Ushbu xizmat OKMK ishchi-xodimlari uchun mo‘ljallangan.
“Sanatoriy” xizmati
Ushbu xizmat "Oltin-Olma" pansionati va "Moviy tog‘lar" dam olish maskanida bo‘sh joylarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunga qadar xizmat "Oltin-Olma" pansionati uchun mavjud va yaqin kelajakda “Moviy tog‘lar” dam olish maskani uchun ham ishlatilishi kutilmoqda.