Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun mamlakat va xorij sahnida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining salohiyati, nufuzi kundan kunga ortib bormoqda. Kombinat kon sanoatidan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan uzviy va uzluksiz mustahkam zanjir hatto ko‘plab xorijlik mutaxassislarning havasini keltiradi. Mana shu zanjirning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan Mis eritish zavodi kombinatning yuragi hisoblanadi. 36 mingga yaqin konchi-metallurglar mehnatining yakuniy natijasi ham Mis eritish zavodida yuzaga chiqadi.
Kuni-kecha ushbu korxona xodimining ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan murojaati yuzasidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kombinat mutasaddilari, kasaba uyushmasi kengashi mas'ullari, yoshlar ittifoqi, mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Zavod rahbariyati, sex boshliqlari, metallurglar qatnashgan bu yig‘ilishda so‘z olganlar Mis eritish zavodida olib borilayotgan yangi qurilish ishlariga, keng ko‘lamda davom etayotgan ta'mirlash jarayoniga e'tibor qaratishdi.
Zavod bosh muhandisi Islom Umaraliyev o‘z chiqishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi va undagi Prezidentimiz ma'ruzasiga to‘xtaldi. Mis eritish zavodida mehnat jamoasi bir oiladek mehnat qilishi, yoshlarga vatanparvarlik ruhini singdirishda shaxsiy namuna ko‘rsatish lozimligini ta'kidladi.
Darhaqiqat, yig‘ilishda bugungi globallashuv jarayonida har bir yoshning onggu shuuriga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, mehnat jamoalarda ijtimoiy sog‘lom muhitni shakllantirishga ahamiyat qaratish ta'kidlandi.
Murojaatchining murojaati kombinat rahbariyati tomonidan o‘rganib chiqilib, u bilan samimiy suhbat olib borildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati katta bir oila. Bu ulkan oilaning o‘z kamchilik va muammolari shubhasiz bo‘ladi. Dono xalqimiz azaldan uydagi gapni ko‘chaga olib chiqmay, ichkarida odillik va oqillik bilan hal ettgan. Zero bugun har qanday muammo kombinat rahbariyati tomonidan hal etilmoqda. Buning uchun kimda-ki murojaat bo‘lsa Telegram messenjeri orqali @agmk_bot manziliga, Korrupsion holatlarga duch kelsangiz Komplaens nazorati xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga yuboring.
OKMKda hech bir ishchi-xodimning murojaati bee'tibor qolmaydi va ijobiy hal etiladi.
Axborot xizmati