• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMK korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida yaxshi baholandi

08 Aprel 2025, 17:9 868

Joriy yilning 8-aprel sanasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samaradorlik reytingi boʻyicha hisobotlarni baholashning yakuniy natijalari rasman e’lon qilindi.

Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son Qaroriga muvofiq, maxsus Elektron platformaga (E-anticor.uz) 2024-yil davomida “Olmaliq KMK” AJ markaziy apparati hamda kombinat tarkibiy korxonalari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlarga oid kiritilgan hisobot va ma’lumotlar kiritilishi ta’minlandi.

Ta’kidlash joizki, hisobot (2024-yil davomida) davrida kombinat va uning tizimida, Geologiya vazirligi Komplayens xizmati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Aynan ushbu hamkorlikning natijasida 2024-yil yakuni bilan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ilk marotaba “Samaradorlik reytingi”da “YAXSHI” natija, yani 100 ballik imkoniyatdan 85 ballik natija qayd etilishiga erishildi va kombinat “Ko’k” rangli guruhdan “Yashil” guruhga oʻtildi. 2024-yilda osish koʻrsatkichi – 21 ballni tashkil qildi (2023-yilda - 64 ball qayd etilgan, 2022-yil yakuni bilan esa – 68 ball toplangan edi).

Xususan, 2024-yilning iyul oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari U.Tuxtasheva hamda katta inspektori B.Burxoniddinovlar ishtirokida kombinatning yuz nafardan ziyod rahbar xodimlari maxsus oqʻuv  kurslarida oʻqitildi va malakasi oshirildi.

2024-yilning sentaybr oyida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan ISO 37001-2016 xalqaro standarti talablarini tushuntirish maqsadida tashkil qilingan 4 kunlik maxsus seminarda kombinatning korrupsiyaga qarshi  kurashish  uchun  ma’sul xodimlari ham ishtirok etdilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’sul xodimi M.Madraximova bilan hamkorlikda iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tarmogʻining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-bosqich monitoring boʻyicha Yakuniy hisobotini tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

Koʻp ming sonli “Olmaliq KMK” AJning ahil va mehnatkash jamoasi nomidan amaliy yordami va qoʻllab-quvvatlagani uchun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Komplayens xizmati xodimlariga hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida doimiy ravishda, kombinatda joriy etilgan tizimni yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish boʻyicha ishlar joriy yilda ham izchil davom ettiriladi.

“Samaradorlik reytingi”da yanada yuksak natijalarni qayd etish uchun kombinatning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etiladi.

Sh. Joʻrayev,

OKMK Komplayens xizmati boshligʻi v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu