Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK korxonalarida “Dolzarb 30 kun” oyligi faol o‘tkazilmoqda

12 May 2026, 10:57 36

Hukumat komissiyasining tegishli qaroriga asosan, joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar yurtimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida OKMK korxonalarida muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari va keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Mis eritish zavodining Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika sexi hududida kombinat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi inspektorlari M.Mirzaxmedova va Sh.Turdaliyevlar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi a’zolariga yong‘in xavfsizligi qoidalari tushuntirilib, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalari namoyish etildi.

Shuningdek, joriy yilning 6-may kuni “Olmaliqmetallqurilish” tresti hududida ham favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha kompleks o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda trest rahbariyati va ishchilari, Fuqaro muhofazasi otryadi qutqaruvchilari hamda kombinat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limining 51-sonli yong‘in-qutqaruv qismi xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda kombinat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov tomonidan obyekt hududida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda yuzaga kelayotgan yong‘inlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar shartli yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda harakat qilishdi. Ssenariyga ko‘ra, yuzaga kelgan “yong‘in” Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi a’zolari va qutqaruvchilar tomonidan tezkorlik bilan o‘chirildi.

Mashg‘ulotlar yakunida xodimlarning shayligi tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlashdan iboratdir.


Yulduz Saydaliyeva,

kombinat obyektlarida favqulodda

vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi inspektori

Bo`lishmoq:
Text to speech