"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 4-6 may kunlari Fargʻona shahrida belbogʻli kurash boʻyicha kattalar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston Chempionati boʻlib oʻtdi.
Ushbu musobaqada OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Jismoniy tarbiya-sport boʻlimi murabbiyisi Bahodir Sheranov shogirdlari ham ishtirok etishib, salmoqli natijalarni qayd etishdi.
Jumladan, ayollar o`rtasidaga bahslarda Bibigavhar Poʻlatbayeva(58 kg) 3-oʻrinni egalladi.
Zemfira Azatova(66 kg) hamda Gulkumar Jannazarova(76 kg) ikkinchi oʻringa loyiq ko`rilishdi.
Erkaklar oʻrtasida bahslarda vakillarimizdan Ortiqjon Yoʻldoshev(62 kg) va Jumadulla Isroilov(75 kg)lar oʻz vazn toifasida bronza medaliga ega chiqishdi.
Xolmirza Xasanboyev esa 75 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi.
E’tiborli jihati chempionatda goʻlib boʻlgan sportchilar joriy yilning 20-25 may kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo Chempionatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi.
Axborot xizmati