• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK mehnat jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol

04 Noyabr 2023, 14:52 988

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlarida, barcha korxona, tashkilot va muassasalar hududida ko‘chatlar ekish zarurligi ta'kidlangan edi. 

Mazkur vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham kuz mavsumida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kombinat ishchi-xodimlari ishtirokida hashar tashkil etildi.

Hasharda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati ham faol ishtirok etib, daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Hasharga jalb etilgan ishchi-xodimlar uchun dalaning o‘zida issiq ovqat ham tashkil etildi.

- Tashkil etilayotgan bog‘larimiz kelajakda olmaliqliklar va kombinat ishchi-xodimlari dam oladigan, poytaxtimizdagi istirohat bog‘lariga o‘xshagan istirohat maskanlariga aylantiriladi. Mis kompleksi chorrahasidan to shaharning kirish qismigacha bo‘lgan hududdagi yo‘lning ikki chetiga kamida 4-5 qator terak ko‘chatlari ekiladi. Har bir bog‘da barcha sharoitlar yaratiladi. O‘ylaymanki, kombinat mehnat jamoasi Olmaliq shahrini yashil hududga aylantiradi, - deydi Abdulla Xursanov. – Bugun amalga oshirayotgan ishlarimiz kelajak avod uchun, ekologiyani yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, A.Xursanov har bir tashkil etilayotgan bog‘lardagi daraxt ko‘chatlarining parvarishi, odamlar uchun qulay sharoitlar yaratish, har bir bog‘ga nom berish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

Hashar davomida OKMK rahbariyati Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining 3-temiryo‘l sexida barpo etilgan 25 sotixli bog‘ va issiqxona bilan tanishishdi. Bog‘bon Yashin Normatov tomonidan mazkur bog‘da 50 tup behi, issiqxonada esa 55 tup limon, 10 tup apelsin va mandarin kabi sitrus mevalar va turli xil gul ko‘chatlari o‘stirilayapti. Hatto “qirol” banani ham ilk bor yetishtirilib, bir yarim yil deganda hosilga kirgan.

Bugun hashar davomida Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mehnat jamoasiga biriktirilgan 2 gektar yer maydonida “Onalar bog‘i” tashkil etilib, ushbu bog‘ga 1000 ga yaqin safora daraxti ko‘chatlari va 10 000 tup terak qalamchalari o‘tkazildi, -deydi IOB boshlig‘i Kamola Umaraliyeva.

Bir so‘z bilan aytganda, kombinat tomonidan yaratilayotgan bog‘lar Olmaliq shahri aholisi va ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadigan istrohat maskanlariga aylanadi.

Hashar ertaga ham davom ettiriladi.

Ma'lumot uchun: Ikki kun davom etadigan hasharda kombinat ishchi-xodimlari 68 gektar yer maydoniga 476 000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech