"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki mamlakatimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinadi.
Ushbu sana munosabati bilan OKMK Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mehnat jamoasi uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov soha vakillarini samimiy muborakbod etib, mamlakatimiz barqaror iqtisodiyoti, farovon hayotimiz, xalqimiz dasturxonining to‘kin bo‘lishida qishloq xo‘jaligining ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.
Sana munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining buyrug‘iga ko‘ra, bir guruh ilg‘or soha vakillari qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantirildi.
“Metallurg” MSning havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ming gektardan ortiq yer maydonidan g‘alla va dukkakli ekinzor, bog‘dorchilik hamda baliqchilik xo‘jaligi sifatida samarali foydalanib kelinadi. G‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan kombinat mirishkorlari, yerdan ikkinchi hosil sifatida qovun-tarvuz va bodring yetishtirib, ishchilar dasturxoniga tuhfa qilishdi.
Shuningdek, korxonaning sut tovar fermasi ishchilar oshxonasi va shahrimiz aholisi dasturxoniga muntazam sut, qaymoq, qatiq, tvorog, sariyog‘, qadoqlangan sut mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Kombinat sut mahsulotlariga iste’molchilarning talab va ehtiyoji yuqori. Sut tovar fermasi tomonidan 2025-yil 1-dekabr holatiga 2 146 tonna sut sog‘ib olinib, prognoz muddatidan avval 110%ga bajarilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, korxona ishchi-xodimlari “Yashil makon” umummiliy loyihasida ham faol ishtirok etishmoqda. Yoz bo‘yi hududlarni gulzorga aylantirgan boshqarma gulchilari ayni vaqtda issiqxonalarda 10 minglab ko‘p yillik geran va atirgul ko‘chatlarini bahorgi mavsumga hozirlashmoqda hamda bir necha yuzlab qishki viola gul ko‘chatlari ham barq urib turibdi. Joriy yilda ilk bor issiqxonada yetishtirilayotgan qulupnaylar nishona hosilini berdi.
Korxonaning yana bir tarmog‘i - baliqchilik xo‘jaligida ham sazan baliqlar yetishtirilmoqda.
Axborot xizmati