Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK motokroschilaridan navbatdagi g‘alabali seriyalar

31 Mart 2026, 9:13 179

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-29-mart kunlari Navoiy shahrida sportning motokross turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2-bosqichi hamda parallel ravishda "Ipak yo‘li" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz chempionatida murabbiy Andrey Sazonov boshchiligidagi OKMK texnik sport klubi vakillari munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Jamoamiz a’zolarining shaxsiy natijalari:

ChZ klassi: Shevket Suleymanov - 2-o‘rin,  Ilya Kudlayev - 4-o‘rin,  Azamat Matmusayev - 5-o‘rin;

Dvigatel hajmi 35+sm klassi: Andrey Sazonov - 1-o‘rin, Sergey Vinogradov - 2-o‘rin;

Dvigatel hajmi 500 sm klassi: Andrey Sazonov - 3-o‘rin;

750 sm dvigatelli mototsikllar (kajavali mototsikl) klassi: Bedri Akimov va Viktor Lavrov ekipaji - 1-o‘rin.

Shuningdek, parallel ravishda o‘tkazilgan "Ipak yo‘li" xalqaro musobaqasida Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari va O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda faxrli 2-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz terma jamoasi safida OKMK motokrosschilari ham munosib ishtirok etishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech