• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK motokrosschilari 1-bosqichda peshqadam

28 Fevral 2023, 9:39 1330

Joriy yilning 23-26 fevral kunlari Termiz shahrida texnik sport turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1 bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizdan 10ta va qo‘shni Qozog‘iston davlatidan 1ta jamoa ishtirok etdi.

Chempionatda OKMK Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasining texnik sport klubi vakillari - murabbiy Andrey Sazonov shogirdlari ham qatnashib, salmoqli natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, dvigatel hajmi 85 sm kub bo‘lgan mototsikllar bahsida Ilnur Umerbekov marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

Yoshlar o‘rtasida 125 sm kub klassdagi mototsikllar bahsida Ilya Kudlaev 4-o‘rinni egalladi. Shu yo‘nalishda vakilllarimiz Emran Ablyazov marraga birinchi, Sergey Vinogradov esa to‘rtinchi bo‘lib yetib kelishdi.

ChZ klassidagi bahslarda Shevket Suleymanov 3-o‘rinni, Timur Dikanbayev esa 4-o‘rinni, Zamir Daminov 5-o‘rinni band etishdi.

500 sm kubli motosikllar poygasida Emran 2-o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Andrey Sazonov (kichik) 3-o‘rinni band etdi. Shevket esa beshinchi bo‘ldi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha OKMK motokrosschilari peshqadam bo‘lib turishibdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech