• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK motokrosschilari 2-bosqichda ham peshqadam

28 Mart 2023, 14:52 1341

Joriy yilning 23-26 mart kunlari Jizzax viloyatida sportning texnik turlaridan biri bo‘lgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatining 2-bosqich musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada mamlakatimiz viloyatlaridan 12 ta jamoa va qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi motokrosschilari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Chempionatning 1-bosqichida ham yaxshi natijalarni qayd etgan OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasining Texnik sport klubi a'zolari 2-bosqichda ham salmoqli natijalar ko‘rsatishdi.

Jumladan, dvigatel hajmi 85 sm kub bo‘lgan mototsikllar bahsida o‘smirlar o‘rtasida vakillarimizdan Ilnur Umerbekov 4-o‘rinni,  125 sm kublik mototsikllar poygasida Ilya Kudlayev 3-o‘rinni egalladi.

Kattalar o‘rtasidagi bahslarda Emran Ablyazov(125 sm kub) marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Sergey Vinogradov(125 sm kub) esa to‘rtinchi bo‘lib keldi. ChZ klassidagi motosikllar bahsida esa Shevket Suleymanov ham Sergeyning natijasini takrorladi. Abrorbek Jumanov 5-o‘rinni, Timur Dikanbayev 6-o‘rinni egalladi.

500 sm kub dvigatelli mototsikllar bahsida marraga Andrey Sazonov  birinchi bo‘lib yetib keldi. Emran Ablyazov esa ikkinchi, Shevket Suleymanov to‘rtinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi.

Shu tariqa murabbiy Andrey Sazonov shogirdlari umumiy natijalarga ko‘ra chempionatning 2-bosqichida ham peshqadamlikni saqlab qolishdi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech