• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK motokrosschilari 3-bosqichda ham peshqadam

17 Aprel 2023, 8:38 1213

Joriy yilning 13-16 aprel kunlari Navoiy shahrida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi texnik sport klubi vakillari murabbiy Andrey Sazonov boshchiligidagi kombinat motokrosschilari ham ishtirok etib, samarali natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, vakillarimizdan dvigatel hajmi 85 sm kub bo‘lgan motosikllar bahsida Ilnur Umerbekov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. 125sm kub dvigatelli mototsikllari poygasida yana bir vakilimiz Ilya Kudlayev esa to‘rtinchi bo‘ldi.

Vakillarimizdan Emran Ablyazov 1-o‘rinni, Shevket Suleymanov 3-o‘rinni, Abrorbek Jumanov va Sergey Vinogradovlar 4-o‘rin(125 sm kub)ni egallashdi.

Emran 500 motor hajmi kubli bo‘lgan mototsikllar poygasida ham raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. Shu yo‘nalishda Andrey Sazonov esa ikkinchi bo‘ldi.

ChZ klassidagi mototsikllari poygasida Timur Dikanbayev 5-o‘rinni band etdi.

Shuningdek, eng yosh sportchi sifatida jajji vakilimiz 5 yoshli Amir Dikanbayev ham maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

E'tiborli jihati OKMK motokrosschilari O‘zbekiston chempionatining 3-bosqichi yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etishdi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech