Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Sportning texnik turlaridan hisoblangan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi bosqichi 24-27 mart kunlari Navoiy shahrida tashkil etildi.
Mazkur chempionatda OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi texnik sport klubi a'zolari ham murabbiy Andrey Sazonov boshchiligida ishtirok etishib, salmoqli natijalarni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, dvigatel hajmi 65sm kub bo‘lgan mototsikllar poygasida vakillarimizdan Nikita Kuznetsov marra chizig‘ini ikkinchi, Ilnur Umerbekov esa to‘rtinchi bo‘lib kesib o‘tishdi.
125 va 500 sm kubli dvigatelga ega mototsikllar bahsida esa Andrey Sazonov(kichigi) tengsiz ekanligini yana bir karra isbotladi. Shu yo‘nalishdagi bahslarda yana bir vakilimiz Emran Ablyazov ikkinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni band etdi.
ChZ klassidagi motosikllar poygasida vakilimiz Shevket Suleymanov marraga birinchi yetib kelgan holda, ishonchli g‘alaba erishdi.
E'tiborli jihat, OKMK motokrosschilari ikkinchi bosqichda umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi.
Sherzod Tilovberdiyev,
Veb-muharrir