Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK motokrosschilari Oʻzbekiston kubogiga sazovor boʻlishdi

12 Noyabr 2025, 10:51 454

Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Olmaliq shahridagi Qalmoqqir mototrassasida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada mamlakatimizning 11ta jamoalari va qoʻshni Qozogʻiston davlatining jamoasi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

E'tiborlisi, musobaqada OKMK motokroschilari ham qatnashib, barcha raqiblaridan ustun ekanliklarini namoyon etishdi.

Murabbiy Andrey Sazonov shogirdlaridan Ilnur Umerbekov 125 sm dvigatelli mototsikllari bahsida oʻsmirlar oʻrtasida marraga uchinchi boʻlib etib keldi.

Ushbu yoʻnalishda kattalar oʻrtasida Emran Ablyazov marrani birinchi boʻlib kesib oʻtdi.

ChZ klassidagi bahslarda yana bir vakilimiz Shevket Suleymanovga teng keladigan topilmadi. Ushbu yoʻnalishda vakilimiz Ilya Kudlayev ikkinchi oʻrinni egalladi.

500 sm dvigatelli motosikllar bahsida Emran Ablyazov ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Andrey Sazonov(kichigi) esa ushbu yoʻnalishda uchinchi boʻldi.

750 sm dvigatelga ega kajavali motosikllar bahsida esa Viktor Lavrov va Bedri Akimov ekipaji birinchi oʻrinni egallashdi.

Shu tariqa OKMK motokrosschilari Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech