Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2023-yil yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan Ochiqlik indeksida davlat idoralari qayd etgan koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar jamoatchilikka eʼlon qilindi.
Ikkinchi bor eʼlon qilinayotgan Indeksda jami 103 ta (2022-yilda – 86 ta) davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati qamrab olinib, 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirildi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 31 ta idora va tashkilot “yashil” (71-100 ball), 43 tasi “sariq” (55-71 ball) va 29 tasi “qizil” (55 balldan past) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.
E’tiborlisi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiaydorlik jamiyatlari oʻrtasida maksimum 88,3 baldan 86,8 ball olib 1-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida esa OKMK ikkinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
Axborot xizmati