Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Kyondju shahrida APMA-2023 Osiyo kukun metallurgiyasi bo‘yicha 6-xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
27-noyabrda o‘z ishini boshlagan mazkur nufuzli tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining olimlari va mutaxassislari ham ishtirok etishayapti.
KPMA - Koreya kukun metallurgiya va materiallar assotsiatsiyasi (ishlab chiqaruvchilar uyushmasi) hamda KPMI - Koreya kukun metallurgiya va materiallar instituti (Ilmiy, akademik a'zolar uyushmasi) hamkorligida tashkil etilgan konferensiya va anjumani 30-noyabrga qadar davom etadi.
Ko‘rgazmada 38ta kukun va kukun detallarni ishlab chiqaruvchilar qatnashmoqda. Jumladan, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Tayvan, Tayland, Hindiston kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishayapti.
Konferensiyada esa Koreya, Yaponiya, Tayvan, Xitoy, Hindiston, Tayland, Shvetsiya kabi davlatlarning kukun metallurgiyasi sohasidagi olimlar va muhandislari qatnashishayapti. Mazkur xalqaro konferensiya sessiyalarida xalqaro miqyosdagi taniqli olimlarning kukun metallurgiya sohasidagi so‘nggi kashfiyotlari taqdim etilib, muhokama qilindi.
E'tiborli jihati, xalqaro anjumanda OKMK olimlari tomonidan taqdim etilgan “Nodir metall va mis asosida bimetall laminat changlatib sepish nishonini ishlab chiqish va xususiyatlari” ishlanmasi 115ta taqdimot ichida g‘olib deya topildi.
Ushbu ishlanma asosida ishlab chiqariladigan nishon yarim o‘tkazgichlar sanoatida qo‘llaniladi.
OKMK Axborot xizmati