Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘quv markazi tomonidan kombinat ishchi-xodimlari, rahbarlar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, 2023-yil yanvar-iyul holatiga ko‘ra, 4013 nafar ishchi-xodimning malakasi oshirildi. Ulardan 852 nafari ishdan ajralgan holda malakasini oshirishdi. 3175 nafar ishchi ikkinchi mutaxassislikni egallash bo‘yicha kasb-hunarga qayta tayyorlandi. 1390 nafar muhandis-texnik xodimlar ulardan 450 nafari ishdan ajralgan holda malakasini oshirib, qayta tayyorlovdan o‘tishdi.
Oliy o‘quv yurtlarida “Olmaliq KMK” AJ hisobidan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ham raqamlarga e'tibor qaratamiz. Xususan, OKMK O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda kombinat hisobidagi umumiy talabalar soni 205 nafarni tashkil etadi, bundan 28 nafar talaba OTMlarning kunduzgi va 177 nafar talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim oladi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlaridan - Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 120 nafar, Toshkent davlat texnika universitetida 17 nafar, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 18 nafar, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2 nafar, Toshkent davlat transport universitetida 7 nafar, Toshkent kimyo texnologiya institutida – 1 nafar, Toshkent arxitektura va qurilish institutida 5 nafar, O‘zbekiston milliy universitetida 6 nafar, MTTU “MISiS” Olmaliq filialida 5 nafar, Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2 nafar talaba kombinat hisobidan tahsil olmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasidagi, Milliy texnologik tadqiqot universiteti “MISiS”da – 21 nafar talaba va yurtimizdagi Oliy biznes maktabida 1 nafar xodim magistratura bosqichida kombinat hisobidan ta'lim olayapti.
2022-2023 o‘quv yili uchun talabalarning shartnomalari rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Jami 171 ta 3 tomonlama shartnomalar imzolandi. Shartnomalar bo‘yicha to‘lov hujjatlari tayyorlandi va to‘lovlar amalga oshirildi.
O‘quv markazi Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari bilan manfaatli hamkorlik aloqalari doirasida qator ishlar amalga oshirib kelinayapti.
Jumladan, Oliy ta'lim muassasalarining jami 157 nafar talabalari uchun kombinat tarkibiy korxonalarida sanoat ekskursiyasi, 161 nafar talabalari uchun esa amaliyot tashkil etildi.
OKMK mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i va mutaxassislari hamkorligida Moskva shahridagi "CourseCreator" kompaniyasining bosh direktori Samin Turdiqulov tomonidan taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, Germaniyaning Frayberg texnika universiteti konchilik akademiyasi tog‘-kon instituti direktori, professor-o‘qituvchi, aspirantlari va talabalaridan iborat jami 7 nafar xorijiy delegasiya ishtirokchilari uchun “Kalmoqqir” KB, Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Mis eritish zavodi, Kovuldi KB, NMvaQQIIChB (Chirchiq), Rux zavodi va “Metallurg” madaniyat saroyiga ekskursiya tashkil etildi.
2023-yil 25-iyuldagi 2035-sonli farmoyishga asosan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari Yo‘lchi Shoyimov va Elmurod Yuldashev tomonidan “Olmaliq KMK” AJ ning energetika sohasidagi 50 nafar muxandis-texnik xodimlari uchun “Zamonaviy elektrenergetikasi” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.
2023-yil 18-iyul sanasidagi 01934-sonli farmoyishga asosan 19-20 iyul kunlari Toshkent davlat texnika universiteti hamda ushbu universitetning Olmaliq filialini 2022-va 2023-yillarda tamomlagan bitiruvchilari uchun 3-Mis boyitish fabrikasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilish maqsadida sinov jarayonlari tashkillashtirildi.
O‘quv markazi tomonidan kollejlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorolik aloqalari doirasida 2023-yilning 26-iyul sanasida 3-Mis boyitish farikasida ishchi kasblarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib Olmaliq kon-metallurgiya kolleji bitiruvchilarini ishga qabul qilish bo‘yicha imtihon tashkil etildi.
Hozirda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida Olmaliq kon-metallurgiya kollejining 287 nafar o‘quvchilari amaliyot o‘tashmoqda.
Olmaliq shahar hokimligi ro‘yxati asosida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yo‘llanmasiga ko‘ra, Piskent o‘quv markazi bilan hamkorlikda Kon-metallurgiya kollejida ishsiz yoshlar uchun “Elektrogazpayvandchi” va “Elektromontajchi” kasblari bo‘yicha 2-bosqich qisqa muddatli kurslar tashkil qilindi. Bugungi kunda 3-bosqich ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Ishchi kasblarga qayta tayyorlash bo‘yicha 2-bosqich qisqa muddatli kurslarning “Elektromontyor” kasbi bo‘yicha 10 nafar va “Elektrogazpayvandchi” kasbi bo‘yicha 12 nafar tinglovchilari uchun kombinat tarkibiy korxonalarida amaliyot tashkil etildi.
Ishchi kasblarga qayta tayyorlash bo‘yicha 1-bosqich qisqa muddatli kurslarning 35 nafar tinglovchilari uchun ishga qabul qilish bo‘yicha imtixon tashkil etildi va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 12 nafar bitiruvchilarning bandligini ta'minlash rejalashtirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kollejida dual ta’lim tamoyili asosida tahsil olayotgan 18 nafar o‘quvchilar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida amaliyot o‘tashmoqda.
"Olmaliq KMK" AJ mutaxassislari tomonidan kollej o‘quvchilari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazildi .
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari uchun masofaviy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kombinat xodimlarini malakasini oshirish hamda kasbiy yo‘nalishidagi o‘quv kurslari uchun ajratilgan xarajatlarni kamaytirish va LMS ta’lim platformasi tizimiga o‘z vaqtida kontent tayyorlash va joylashtirish maqsadida 2023-yil iyul oyida 232 ta kasbiy o‘quv dasturlari va mavzulari asosida videokurslar tayyorlandi va LMS tizimiga joylashtirildi.
2023-yil 23-iyun kunidagi «Olmaliq KMK» AJ tarkibiy bo‘linmalarida LMS elektron ta’lim platformasini ishga tushirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan kombinatning xodimlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda masofaviy o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan o‘quv kurslari jadvaliga muvofiq masofaviy o‘quv kurslari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, malakani baholash markazi tomonidan ham bir qator ishlar bajarildi.
Xususan, kombinat korxonalarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mas'ul bo‘lgan xodimlarning o‘z xizmat vazifalarida mas'uliyatini yanada oshirish, ishlab chiqarish ob’yektlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratilishini ta’minlash maqsadida elektrogazpayvandchi, elektromontyor, chilangar-ta'mirchi, olovbardosh g‘isht teruvchi o‘quv kurslari yakunida o‘tkaziladigan imtixon bo‘yicha ishlab chiqilgan 400 ta test savollari “My test” dasturiga kiritildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassisi Ye.Eremeyeva bilan hamkorlikda “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqilgan "Gaz haydash mashinalari mashinisti" kasbi bo‘yicha kasb standartlari muhokama qilinib, OKMK tomonidan ishlab chiqilgan kasb standarti qabul qilindi.
Mis eritish zavodida "Xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va baxtsiz hodisalarni oldini olish" bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.
5ta kasb standarti ishlab chiqilib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining «profstandart.uz» portalidan ro‘yxatdan o‘tishga yuborildi. Ro‘yxatdan o‘tgan va tasdiqlangan kasbiy standartlardan foydalanib, 5 ta baholash vositalari ishlab chiqildi.
"Erituvchi", "Ekskavator mashinisti", “Marksheyderlik ishlarida kon ishchisi", "Qurituvchi", "Qizdiruvchi" kasb standarti bo‘yicha baholash vositalari, amaliy ishlari ishlab chiqildi. Baholash vositalari ekspertlarga xulosa olish uchun yuborildi.
“Olmaliq KMK” AJ xavfsizlik bo‘yicha xodimlarining “Inson huquqlari va xavfsizligi” bo‘yicha malakasini oshirish o‘quv dasturi tayyorlanib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi va kelishish uchun yuborildi.
Omborchining mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomasi standart asosida tayyorlandi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi nomzodlarining suhbat jarayoni tashkillashtirilib, qabul komissiyasining ijobiy xulosasini olgan nomzodlarga tavsiyanomalar berildi.
Malaka sinov imtihonida qoniqarli natija qayd etgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.
Bundan keyin ham oldimizga qo‘yilgan galdagi vazifalarni samarali bajarilishdia bor imkoniyat va salohiyatimizni ishga solamiz.
Doniyor Karimov,
O‘quv markazi boshlig‘i