Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasi markazlaridan biriga aylanmoqda

02 Fevral 2026, 10:33 271

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat sanoat giganti, balki O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasi markazlaridan biriga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xorijiy davlatlar Favqulodda va Muxtor elchilarining kombinatga tez-tez amalga oshirayotgan tashriflari OKMKning global miqyosdagi nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Joriy yilning 30-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksey Yerxov hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiyaning OKMKga tashrifi ham so‘zlarimizning yorqin isboti bo‘ladi.”

Mehmonlar dastlab Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida bo‘lishib, texnologik ishlab chiqqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolariga tashrif davomida mega loyiha doirasida ishga tushirilgan 3-Mis boyitish fabrikasining faoliyati ham tanishtirildi.

“Metallurg” madaniyat saroyida faoliyat yuritayotgan turli xil to‘garaklar va kombinat tarixi muzeyi, Suyurlitepa yodgorligi muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

OKMK rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida kombinatning Rossiya korxonalari bilan hamkorligini yana-da rivojlantirish istiqbollari ham muhokama etildi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat do‘stona aloqalarni mustahkamlash, balki eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va investitsiyaviy hamkorlikning yangi qirralarini ochish yo‘lidagi muhim strategik qadamdir.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech