Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent davlat transport universitetining 33 nafar talabalari uchun Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasiga sanoat ekskursiyasi tashkil etildi. Mazkur ekskursiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa ta'lim bilan ishlab chiqarishni integratsiya qilish hamda bo‘lajak transportchilarga OKMKning temiryo‘l transporti sohasini yaqindan tanishtirish bo‘ldi.
Ekskursiya davomida talabalarga Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining 4ta asosiy sexi ish jarayoni tanishtirildi. Malakali mutaxassislar tomonidan suhbatlar tashkil etilib, korxona faoliyati haqida tushunchalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
Shuningdek, STTB ishchi-xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish xonalari hamda sportga qiziquvchilar uchun sport zallarining jihozlanishi, ishchi-xodimlar erishayotgan yutuqlar haqida ham talabalarga ma'lumot berildi.
Ekuskursiya davomida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bosh psixologi, xotin-qizlar komissiyasi raisi Viloyat Davletova hamda talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Unda OKMK korxonasida xotin-qizlar va yoshlarga berilayotgan e'tibor, yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi.
Sanoat ekskursiyasi yakunida oliygoh o‘qituvchilari uchun STTB rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Obid Sarkayev,
STTB Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari.