• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Raqamlashtirish siyosati Avtomobil transport boshqarmasi misolida

16 Noyabr 2023, 15:26 1083

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini raqamli transformasiya qilish boʻyicha 2023 yilda 40dan ortiq loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Bugungi kunga kelib qator loyihalar joriy etilib, tajribaviy loyihalar ishga tushirildi. Jumladan, boshqaruv va biznes jarayonlari, infratuzilma hamda kiberxavfsizlikni takomillashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish kabi loyihalarni aytib oʻtish joiz.

Shuningdek, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish va ish yuritish jarayonini raqamlashtirish maqsadida avtotransport va logistikani boshqarish tizimini ekspluatatsiyaga topshirish evaziga 1000 dan ortiq avtotransport va texnikalardan foydalanish samaradorligi 4 foizga oshirildi va yiliga 70 foiz qogʻozni tejash imkoniyati yaratildi. Bu imkoniyat Avtomobil  transporti boshqarmasida faoliyat yuritayotgan haydovchilar uchun bir qator qulayliklarni yaratdi. Ushbu fikr-mulohazalar  joriy yilning 15 noyabr kuni Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB bilan hamkorlikda tashkil etilgan amaliy seminar davomida bildirildi.

Seminar davomida Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB Axborot xizmati boshligʻi, kapitan Rustam Asqarov yoʻl transport hodisalari boʻyicha tahliliy ma’lumot berib, barcha haydovchilarni yoʻl harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilishga chorlab qoldi.

Avtomobil transport boshqarmasida raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirlayotgan ishlar yuzasidan  boshqarma ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va logistika boʻlimi boshligʻi Jasur Toʻraev shunday deydi: -Avtomobil transporti boshqarmasida korxonalar tomonidan transport vositalariga berilayotgan talabnomalarni raqamlashtirish, ularni tasdiqlash, talabnomalarga koʻra transport vositalarini ajratish, yoʻnalishga chiqishdan oldingi tibbiy koʻriklar hamda yoqilgʻi ajratishgacha boʻlgan barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan elektron tizimda olib borilmoqda. Joriy yilning 1 avgustidan boshlab boshqarmamiz tarkibidagi 901ta texnika elektron yoʻl varaqasi asosida ishlash tizimiga oʻtkazildi. Buning afzalligi, yiliga 230 mingdan ortiq qogʻoz-yoʻl varaqasi toʻldirilib, yoʻnalishga chiqarilgan boʻlsa, endilikda bu harajatlar mutlaq qisqardi. Qolaversa, yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan keladigan eʻtirozlar ham keskin kamaydi. Haydovchilarning tibbiy varaqasining yuritilish ham elektron shaklga oʻtkazildi.

Kombinatda amalga oshirilayotan raqamlashtirsh siyosati barcha jabhada namoyon boʻlib, oʻz afzalliklari va imkoniyatlari bilan ishlab chiqarish unumdorligini oshirib kelmoqda. Aynan transport sohasidagi bu islohot yoʻl harakati xavfsizligida ham oʻz samarasini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini taʻminlash, haydovchilarga qulayliklar yaratish, ortiqcha qogʻozbozlikni kamaytirish maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda Dastur ishlab chiqildi, - deydi  Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB Axborot xizmati boshligʻi, kapitan Rustam Asqarov. - Yuridik tashkilot, ya’ni OKMKga tegishli boʻlgan transport vositalarining haydovchilari muqaddam yoʻl varaqasi bilan harakatlanishardi. Dasturga koʻra, endilikda ularning yoʻl varaqasi elektron tizimga oʻtkazildi. Buning afzalligi shundaki, baʻzan aksari haydovchilar yoʻl varaqasini unutib qoldirishardi yoki boshqa bir muammo yuzaga kelardi. Tajriba-sinov tariqasida amaliyotga kiritilgan bu tizim bugun oʻzining qulayliklarini namoyon eta oldi.

Kombinat ishlab chiqarishiga tadbiq etilayotgan avtomatlashtirish, elektron tizimga oʻtish, muxtasar aytganda raqamlashtirish LeverX, Terralink, Polyus Didjital, PlugandPlay va boshqa xalqaro kompaniyalarning tajribalarga tayanilgan holda, ular bilan kelishuvlar asosida olib borilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech