Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33OKMKning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi tomonidan qondiriladi.
Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi 1955-yil 5-aprelda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 7 ta ishlab chiqarish uchastkasi va 4 ta texnologik smenadan iborat.
Boshqarma kombinatning zavod, fabrika va yordamchi bo‘linmalarining suvga bo‘lgan ehtiyojini, yer osti suvlarini chiqarish va texnik aylanma suvlar harakatini boshqarish hisobiga ta'minlaydi.
Korxona tasarrufida 4 ta texnik toza suv olinadigan yer osti suv havzasida 65 ta suv quduqlari, 2 ta drenaj yer osti suv havzasida 146 ta drenaj suv quduqlari va 7 ta nasos stansiyalarda 44 ta nasos qurilmalari va 2 ta 110/6 kV, 1 ta 35/6kV ochiq taqsimlash qurilmalari mavjud.
Boshqarmaning 1-sonli uchastkasi mehnat jamoasi “Yordam” qishlog‘ida joylashgan bo‘lib yer osti suvlarini quduqlardan qazib chiqarish va sanoat hududlariga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi (quvvati 9 000 m3/soat).
Shuningdek, mazkur uchastkaning Angren daryosi oqimida joylashgan “Tosh”, “Tosh-Sartamg‘ali”, “Qoraxitoy” yer osti suv havzalari bo‘yida 65 ta quduqlari mavjud.
Sanoat suv ta'minoti boshqarmasining 2-sonli uchastkasi ham kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur uchastka Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboridan (SXX) tindirilgan texnik suvni quvurlar orqali fabrikaga qaytarishga mas'ul hisoblanadi.
Uchastka mehnat jamoasi tomonidan fabrikaga soatga 4 500-5 700 m kub suv yetkazib beriladi. Ayni paytda uchastkada 43 ta suv quduqlari hamda 8 ta nasos qurilmalari mavjud.
Bugungi kunda uchastkaga Hasan Kuchbayev boshchilik qilib kelmoqda.
Sanoat suv ta'minoti boshqarmasining 3-sonli uchastkasi 5 ta nasos stansiyasidan iborat bo‘lib II-III sikl nasos stansiyasi orqali 2-mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi hamda ushbu zavodning Avtomobil va maxsus transport vositalarini ta'mirlash sexi, Issiqlik elektr markazi, tajriba boyitish fabrikasi va Rux zavodini texnik suv bilan ta'minlaydi.
Ushbu uchastka mehnat jamoasi tomonidan korxonalar talabiga ko‘ra soatiga 8 000 m kub suv yetkazib beriladi.
4-sonli uchastka mehnat jamoasi esa Mis boyitish fabrika va 2-Mis boyitish fabrikasining birlashgan chiqindi to‘plash ombori atrofida 53 va 54-podstansiyasida joylashgan.
Uchastka balansida 10 ta suv nasoslari mavjud bo‘lib, hozirda shundan 4 tasi ishlamoqda. Mazkur uchastka 1-MBFni soatiga 12 700 m kub suv bilan ta'minlaydi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: