• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“OKMK sport majmuasi”da rekonstruksiya

23 Iyun 2023, 14:1 1299

Oʻz bagʻriga 10 mingdan oshiq tomoshabinni sigʻdira oladigan OKMK sport majmuasi koʻplab nufuzli xalqaro sport musobaqalari, respublika, viloyat miqyosidagi tadbirlar, bayram konsertlariga mezbonlik qilib keladi.

Majmua 2013-yilda foydalanishga topshirilgan. Dastavval, Respublikamizda yagona gibrid maydonga ega boʻlgan stadionga joriy yilda 100 foiz tabiiy chim qoplandi.

Ta’kidlash kerakki, OʻzPFLning klublarga qoʻyayotgan talablari, qolaversa, OKMK futbol klubining Osiyo Chempionlar ligasi turniri saralash bosqichidagi ishtiroki munosabati bilan bugungi kunda yoritish chiroqlari ham kuchli yoritish quvvatiga ega boʻlgan toʻliq zamonaviylariga almashtirilmoqda.

“Olmaliq KMK” AJ IOB “OKMK sport majmuasi” direktori Dostonbek Muhiddinovning taʻkidlashicha, ayni paytda maydonni yoritish uchun mavjud 4 ta machtadan 2 tasida toʻlaqonli demontaj ishlari yakunlandi.  Shu kunlarda OKMK rahbar xodimlari hamda “Omega Injenering group” OAJ vakillari oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda. Rossiyaning Yangi va zamonaviy chiroqlar yetkazilishi bilan Rossiyalik mutaxassislar tomonida oʻrnatish vazifalari bajariladi.

Joriy yilning avgust oyida yoritish chiroqlari oʻrnatib boʻlinadi. 

Shuningdek, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan 8ta sektorlardagi tribunalarda ham joriy taʻmirlash ishlari olib borilmoqda. 

Majmuada doimiy mashgʻulotlar va uchrashuvlarni tashkil etadigan OKMK FK, gandbol va basketbol jamoalari Oʻzbekiston va jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallab kelishadi.

Yosh avlodni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida esa tez orada OKMK PFK qoshida futbol akademiyasi tashkil etiladi. Bu boradagi dastlabki vazifalar ham boshlab yuborildi.

Taʻkidlash kerakki tez orada Olmaliqdagi mazkur stadion ham OFK va FIFA talablariga toʻla javob berib, bir qancha xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiladigan arenaga aylanadi.

Eslatib oʻtamiz, AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqishi uchun avgust oyida uyda Ummoning Al Seeb, mehmonda Qatarning Al Arabi jamoalarini magʻlub etishi kerak boʻladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech