"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.
Kalmoqqir kon boshqarmasi
Jumladan, bugun kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirining ilk nuqtasi bo‘lgan Qalmoqqir kon boshqarmasi mehnat jamoasida bayram tadbiri tashkil etildi.
To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan konchilarga O‘zbekiston qahramoni Saydali Rahmonov, Resurslar va tog‘-kon ishlari departamenti, Tog‘-kon bo‘limi boshlig‘i Umid Tojiyev hamda kon boshqarmasi direktori Muhammadamin Isakovlar samimiy tilaklarini bildirishib, ayyom bilan qutlashdi.
Sana munosabati bilan 16 nafar ilg‘or ishchi-xodimlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, 29 nafar ishchi-xodimlarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida yosh ekskavatorchilar o‘rtasida o‘tkazilgan kasb mahorati tanlovi g‘oliblari ham rag‘batlantirildi.
“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Texnologik transport boshqarmasi
Konchilarning yaqin ko‘makchilari bo‘lgan Texnologik transport boshqarmasi mehnat jamoasida ham bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan Transport va logistika departamenti direktori Rustambek Sanaqulov mehnat jamoasiga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ayyom bilan qutladi.
Tadbir davomida bir guruh faol ishchi-xodimlarga hamda tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, 25 nafar ishchi-xodimlarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“Metallurg” MS ijodiy guruhlarining kuy-qo‘shiqlari, jozibali raqslari transportchilarga bayramona kayfiyat ulashishdi. Bizga bu haqda TTB yoshlar ittifoqi raisi Bahriddin Usvaliyev xabar qilayapti.
Xondiza kon boshqarmasi
O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasida ham katta tantanalar bilan kutib olindi.
Tadbirda so‘z olgan kon boshqarmasi mas'ullari mehnat jamoasiga samimiy tilaklarni bildirishdi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston davlat sa'nat va madaniyat instituti ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbirda bir guruh faol ishchi-xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Ma'lumot uchun: Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi 2025-yil 4 oyi davomida polmetall ma'danlarni qazib olish(100,0%), ularni qayta ishlash(100,4%), rux konsentratida rux(101,0%) kabi vazifalarni yorug‘ yuz bilan ado etishdi. Bizga bu haqda kon boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi Dilmurod Qosimov xabar bermoqda.
Mis eritish zavodi
Mis eritish jamoasi ham bayram sanasini bir qator mehnat yutuqlari bilan kutib olishdi.
Jumladan, 2025-yil 4 oy davomida zavod tomonidan mis katodi ishlab chiqarish rejasi 100,9%ga, o‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 116,5%ga bajarildi. Shuningdek, mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar tayyorlash vazifalari ham oshig‘i bilan uddalandi.
Bayram tadbiri davomida shu yutuqlarga erishishda hissa qo‘shgan bir guruh ilg‘orlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda 62 nafar ishchi-xodimga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi.
“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan ajoyib konsert dasturi barchani raqsga chorladi.
Axborot xizmati