"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni va kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlandi.
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi
Sana munosabati bilan Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mehnat jamoasida boshqarma tarkibiy boʻlinmalarining kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislarining mehnatlari eʼtirof etilib, esdalik sovgʻalari ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, qoʻshayyom munosabati bilan kasaba uyushmalari faollari oʻrtasida “Eng yaxshi sex kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchilarning oʻz mehnat jamoasida jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan yilda kamida bir marotaba umumiy yigʻilish oʻtkazganligi, mehnat va mehnat muhofazasi masalasida sex tashkiloti tomonidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi, xodimlar uchun yaratib berilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar, kasba uyushma aʼzolarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, sex qoʻmitasi raisining bir kuni, mening huquqlarim, mening kafolatlarim, murojaat-harakat-natija kabi shartlarni ham tanlov qatnashchilari bajarishdi.
Tanlov natijalariga koʻra, gʻoliblikni 35-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti sex qoʻmitasi raisi Shalola Ilyasova qoʻlga kiritdi.
Ikkinchi oʻrin 21-sonli MTT sex qoʻmitasi raisi Nodira Mirsalimovaga nasib etdi.
Uchinchi oʻrinni Sogʻlomlashtirish maskani sex qoʻmitasi raisi Umida Аsatullayeva egalladi.
Gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi. Bizga bu haqida IOB kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Farogʻat Matkarimova xabar bermoqda.
Chodak kon boshqarmasi
Chodak kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Moʻminjon Madazimovning maʻlum qilishicha, korxonada koʻp yillar davomida kasaba uyushmasi faoliyatida faollik koʻrsatgan bir guruh masʻullar eʻtrof etildi. Ularga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.
Angren kon boshqarmasi
Ushbu sanalar Angren kon boshqarmasida ham keng nishonlandi. Korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Sherzod Gʻaniyevning maʻlum qilishicha, sana munosabati bilan davra suhbati tashkil etilib, tadbirda kasaba uyushmasi qoʻmitasi faollari, komissiya raislari, sexqoʻmlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, "Kasaba uyushmasining har bir aʻzosi eʻzozda" shiori ostida nafaqadagi sexqoʻmlar holidan xabar olindi.
"Sport salomatlik garovi" shiori ostida ishchi xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan voleybol, stol tennisi, va shaxmat boʻyicha musobaqalar ham shiddatli bahslarga boy boʻldi.
Ayniqsa, ishchi-xodimlar farzandlari oʻrtasida tashkil etilgan "Mening dadam shaxtyor" mavzusida rasm chizish tanlovi ham bolajonlarning boy tasavvurlarini namoyon etdi.
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va tatbiq etish markazi
Sana munosabati bilan Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va tatbiq etish markazida ham kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan OKMKda fidokorona mehnat qilib kelayotgan markaz kasaba uyushmasi komissiya raislari munosib eʼtirof etildi. Bizga bu haqida markaz kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Sevara Ubaydullayeva xabar qilmoqda.
2-Mis boyitish fabrikasi
2-Mis boyitish fabrikasi yoshlar ittifoqi raisi Bunyodjon Hamroqulovning xabar berishicha, sana munosabari bilan fabrikada maʼnaviy-maʼrifiy soat tashkil etilib, fabrikaning bir qator faol sex qoʻmita raislari eʻtirof eilgan.
“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti
11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida bayramona tadbirlar va turli tanlovlar tashkil etildi.
Tadbirlar trest kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamda Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda korxona kasaba uyushmasi a’zolarini munosib rag‘batlantirish, yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash hamda kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida “Rahbardan yoshlar va ishchi xodimlarga” kitob tuhfasi aksiyasi doirasida ilmiy va tarixiy kitoblar tarqatildi.
Shuningdek, trestdagi ish taqsimlovchi qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi oshpaz” tanlovi hamda “TREST BILIMDONI” zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Yoshlar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportni rivojlantirish maqsadida ayollar va erkaklar o‘rtasida “Darts” sport musobaqalari tashkil etildi.
“TEST BILIMDONI” zakovat o‘yinida “Bilimdonlar” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
“Darts” sport o‘yinida ayollar o‘rtasida Zulfiya Qo‘shmatova, erkaklar o‘rtasida esa Nuriddin Mavlyanov g‘olib deb topildi.
“Eng yaxshi oshpaz” tanlovida Zohida Abdumavlonova, Shoxista Egamberdiyeva va Shaxlo Jumaboyevalar sovrindor boʻlishdi.
Bayramona festivalda kasaba uyushmasi faollari, ishchi-xodimlar hamda trest Yoshlar ittifoqi a’zolari faol qatnashdilar. Bizga bu haqida trest kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Obid Sarkaev xabar qilmoqda.
Axborot xizmati