• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK tarkibiy bo‘linmalarida yuqori samaradorlik qayd etildi

03 Mart 2023, 8:29 2476

2023-yilning yanvar-fevral holati bo‘yicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir qator tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini oshig‘i bilan bajarishdi.

Jumladan, bir qator tarkibiy bo‘linmalar tomonidan yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qayd etildi.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi polimetall ruda qazib olish rejasini 102%ga, uni qayta ishlash vazifasini 100,3%ga, rux konsentratida rux metalli rejasini esa 100,3%ga bajarishdi.

Shuningdek, Oltin tarkibli ruda qazib olish va uni qayta ishlash, konsentratda 1- va 2-metall rejalarini Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi tarkibiy bo‘linmalari oshig‘i bilan bajarishganini alohida ta'kidlash joiz.

2-Mis boyitish fabrikasi ham mis xom ashyosini qayta ishlash hamda konsentratda mis metalli vazifalarini bajarishda 101,4% va 133,8%lik natijalarni qayd etishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech