"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki mamlakatimizda avgust oyining birinchi yakshanbasi - temir yo‘l transporti sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida ham faoliyat yuritib kelayotgan Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi mehnat jamoasi uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov kombinat rahbariyati nomidan soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan OKMK boshqaruv raisining buyrug‘iga ko‘ra, 3 nafar soha vakili turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Shuningdek, 6 nafar temiryo‘lchi Faxriy Yorliqlar bilan, 11 nafari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
“Metallurg” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Korxona ayyomni bir qator yutuqlar bilan kutib olmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida STTB tomonidan 13796,3 ming.m³ tog‘ jinslari va 21 830 000 tonna ma’danlar tashilishiga erishildi. Bugungi kunda boshqarmada mahalliylashtirish dasturi doirasida mahalliy korxonalar hamkorligida 2BC-105 (Q-115) rusumli dumpkarlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Shu yilning o‘zida 9,5 kilometr temir yo‘li foydalanishga topshiriladi.
Energiya samaradorligi va innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi yarim yillikda ishlab chiqarish xarajatlari 54 milliard so‘mga kamaytirildi, boshqarma ishchi-xodimlarining rasionalizatorlik takliflari asosida 22 milliard so‘mlik iqtisodiy samaraga erishildi.
Axborot xizmati