• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK temiryo‘lchilari mahalliylashtirish orqali 20 mlrd so‘m mablag‘ni tejashadi

29 Fevral 2024, 8:34 765

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023 yilning o‘zida 209 turdagi import o‘rnini bosuvchi temir yo‘l transporti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Natijada esa 21,7 mlrd so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi.

Joriy yilda ham kombinat temiryo‘lchilari 238 turdagi detallarni tayyorlashi va bu orqali 33,6 mlrd so‘m mablag‘ni tejashni rejalashtirishgan. Ayni paytda yuk tashishda asosiy vosita hisoblangan 2VS-105 turidagi vagon-samosvalning 60% ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish korxonada amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ushbu turdagi vagon-samosvalning yuqori ramasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Shu kungacha ushbu ehtiyot qismning bir donasi xorijdan qariyb 1 mlrd so‘m mablag‘ evaziga xarid qilinar edi. Endilikda ushbu ehtiyot qism korxonada ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ehtiyot qismning ishlab chiqarish harajatlari esa 500 mln so‘mni tashkil etadi. STTBning ushbu ehtiyot qismga bo‘lgan yillik ehtiyoji 40 donani tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, birgina ushbu detalning mahalliylashtirilishi yiliga 20 mlrd so‘m mablag‘ni iqtisod qilinishiga olib keladi.

Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda harakatlanuvchi tarkibning ta'mir jarayonlarida zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishi samarali o‘zlashtirilayapti. Amalga oshirilgan ishlar natijasida import mahsulotlarining hajmi sezilarli darajada kamayishiga erishiladi.

Eng asosiysi, kombinatda temir yo‘l orqali tashiladigan yuklar uzluksiz va o‘z vaqtida manzillariga yetkazilayapti.

Ma'lumot uchun: Vagon-samosvalning yuqori ramasi STTBning vagon xo‘jaligi ta'miri bo‘yicha Vagon xizmati uchastkasida ishlab chiqariladi. Ushbu uchastkada vagonlar ta'mirlanadi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech