Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

ОКМК va Chexiya kompaniyasi hamkorlik qiladi

02 Iyun 2025, 13:11 1264

O‘zbekistonning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri bo‘lgan OKMK nafaqat mamlakat ichki iqtisodiyoti, balki xalqaro sanoat aloqalarining rivojida ham muhim o‘rin tutmoqda. Bugungi kunda kombinat xorijiy kompaniyalar bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida dadil qadamlar tashlamoqda.

Joriy yilning 29 may kuni OKMKga tashrif buyurgan Chexiyaning “Draslovka” kompaniyasi vakillari bilan oʻtkazilgan uhrashuvda ham manfaatli hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Maʻlumot uchun Draslovka - tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati kabi bir qator sohalarda qiymat yaratuvchi va barqarorlikni oshiruvchi kimyoviy texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. 1906-yilda Chexiyada tashkil etilgan oilaviy kompaniyasi.

7 ta hududda biznes bo‘linmalari va 80 dan ortiq mamlakatlarda savdo bo‘limlariga ega.

U oltin qazib olish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy modda bo‘lgan natriy siyanidning dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan, ammo uning sohaga qo‘shgan eng muhim hissasi uning glitsin bilan tanlab eritish texnologiyasi, kompaniyaning patentlangan texnologiyasi bo‘lib, u metallarni yanada barqaror va tejamkor usulda tanlab eritadi.

Shuningdek, boshqa maxsus kimyoviy moddalar va reagentlarni ishlab chiqaradi va tog‘-kon sanoati uchun kimyoviy moddalarni qo‘llash va zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha o‘z sinfidagi yetakchi xizmatlarni, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etadi.

OKMK rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida kompaniya vakillari oʻz faoliyati boʻyicha taqimot qilishdi.

Muzokaralar davomida OKMKda glitsin bilan tanlab eritish texnologiyasini qoʻllash borasida fikr-mulohazalar almashilib, hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.

Tashrif davomida mehmonlar Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida boʻlishdi.

Bu kabi aloqalar OKMKni xalqaro sanoat maydonida raqobatbardosh va ishonchli hamkor sifatida namoyon qilmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech