"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Finlandiyaning Metso kompaniyasi bilan ko‘p yillardan buyon o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
Jumladan, 2024-yil avgust oyida Yangi qurilayotgan metallurgiya majmuasiga dunyoning ilg‘or kompaniyalari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish maqsadida OKMK va Metso kompaniyasi o‘rtasida uskunalar va loyiha xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 22-aprel kuni Metso kompaniyasining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi bo‘yicha prezidenti Reno Lapoynt OKMKga tashrif buyurdi.
OKMK rahbariyati va Reno Lapoynt o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida 3- va 4-mis boyitish fabrikalari, metallurgiya loyihasi, 1- va 2-mis boyitish fabrikalarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Samimiy ruhda o‘tkazilgan do‘stona uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ham kelishib olindi.
OKMK Axborot xizmati