Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 25-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir guruh mas'ullari hamda mutaxassislari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi bir qator korxonalarda bo‘lishdi.
Ayni paytda OKMK va uyushma bilan hamkorlikda mahalliylashtirish dasturi ustida ishlar olib borilmoqda.
Uyushma mas'ullari bilan kukun metallurgiya usulidagi detallarni mahalliylashtirish masalasi muhokama qilindi.
Jumladan, Chirchiq shahridagi birlashmada xorijdan import qilinadigan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Uyushma mas'ullari bilan birgalikda dastur ishlab chiqilib, kukun metallarugiya asosida mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Maishiy texnika ishlab chiqarish zavodida aynan qaysi mahsulotlarga qanday detallarni mahalliylashtirish lozimligi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida oshxona vityajkasi ventilyatorining bir modeliga yiliga 100 ming dona detalga ehtiyoj borligi aniqlandi.
Hozirda uyushmaning har bir korxonasi mutaxassislarimiz tomonidan o‘rganib borilmoqda va mahalliylashtirilishi lozim bo‘lgan detallarning ro‘yhati shakllantirilmoqda.
Ro‘yxat shakllantirilib bo‘lganidan so‘ng, ushbu mahsulotlar Chirchiq shahridagi birlashmada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish” dasturi asosida amalga oshiriladi.
Amir Obidov,
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazi rahbari