Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va Transport nazorati inspeksiyasi: Hamkorlik va yuqori malaka e’tirofi

16 Fevral 2026, 9:11 101

Kuni kecha OKMK Transport va logistika departamenti mas’ullari hamda Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi rahbariyati va yetakchi mutaxassislari Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, unda kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va logistika salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishdi.

Shuningdek, muzokaralar davomida “Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari”ga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Uchrashuvda OKMK mutaxassislari temir yo‘l transporti sohasidagi texnik foydalanish qoidalari va yo‘riqnomalar bo‘yicha attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishgani e’tirof etildi.

Inspeksiya rahbariyati kombinat mutaxassislarining bilim va malakasi yuqori darajada ekanligini ta’kidlashib, kelgusidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech