Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha OKMK rahbariyati hamda Yaponiyaning JOGMEC neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi hamda «Marubeni» korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, investitsiya va eksport salohiyati to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.
OKMK hamda Yaponiyaning har ikki korporatsiyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Ma'lumot o‘rnida JOGMEC neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi 2004 yili 29 fevral kuni tashkil topgan.
Korporatsiya o‘zida neft va tabiiy gazni barqaror yetkazib berishni ta'minlash uchun mas'ul bo‘lgan Yaponiyaning sobiq Milliy neft korporatsiyasi va rangli metallar va mineral resurslarni barqaror yetkazib berishni ta'minlash va konlarning ifloslanishiga qarshi kurash choralarini amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan Yaponiyaning sobiq metallarni qazib olish agentligining funksiyalarini birlashtiradi.
«Marubeni» korporatsiyasi 1958 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda korporatsiyaning 68 ta mamlakatda 136 ta ofisi mavjud. Shuningdek, 58 ta filial va vakolatxonalari faoliyat olib boradi. Korporatsiyaning asosiy faoliyati infrastruktura, sanoat, o‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar va energetika kabi tarmoqlarga qaratilgan.
Axborot xizmati