Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis ishlab chiqarish zanjirining boshlang‘ich nuqtasidan yani kondan madanlarni qazib olishdan tortib, to uni eritishgacha bo‘lgan jarayonni kuzatishingiz mumkin. Mavjud texnologiya murakkab, ammo uni yanada rivojlantirish borasida bugun kombinat dunyoning yetakchi korxonalari bilan manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ymoqda.
Bu yilning o‘zida kombinatga Germaniya, Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlaridan bir guruh mas'ul va mutaxassislar tashrif buyurishdi. Bundan kombinat jahon hamjamiyati e'tiborida ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning 6-sentyabr kuni esa Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vakillari OKMKda bo‘lishdi.
Dastavval mehmonlar dunyo bo‘yicha eng yirik konlar qatoridan joy olgan Kalmoqqir konining tarixi, ma'danlarni qazib olish va tashish, uning zahirasi, kelajakdagi istiqbolli rejalari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Navbatdagi manzil Mis ertish zavodi bo‘ldi. Bunda delegatsiya a'zolari rangli va nodir metallar ishlab chiqarish, misni eritish, toshqollarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishdilar.
Yaponiya delegatsiyasining tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad bug‘ va fotokatalizdan hamda uglevodorod konlaridan arzonroq usulda vodorod ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlikka erishishdan iborat.
Yaponiyaning “Kyushu” universiteti olimlari uchun quyoshli kunlar yiliga 246 kundan oshiq bo‘lgan O‘zbekiston tadqiqot o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi: xususan, OKMK Mis eritish zavodi toshqollaridagi temirfayalit birikmasi xom ashyo sifatida qiziqish uyg‘otgan. Bu esa vodorod ishlab chiqarish jarayonida fotokatalizator o‘rnida ishlatilishi mumkin.
Ma'lumot uchun Yaponiyaning “Kyushu” universiteti olimlari faoliyatining asosiy yo‘nalishi, birinchi navbatda, vodorodni muqobil usullari orqali olish, sanoat uchun zarur bo‘lgan nodir metallarni ishlab chiqarish va atmosferaga chiqayotgan uglerod ikki okisdi tashlanmalarini kamaytirish hisoblanadi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish hamda barqaror rivojlanish uchun JICA, ixtisoslashtirilgan ilmiy texnologik tadqiqotlar SATREPS tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.
Shuningdek, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentlik vakillari taklif qilgan texlogiyaning imkoniyatlari yutuq va kamchiliklariga bag‘ishlangan yig‘lish ham bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat mutaxassislari va mehmonlar o‘zaro fikr almashishdi. Bundan tashqari kombinat mutaxassislarining malakasini oshrish uchun Yaponiya universitetlarida kvotalar sonini ko‘paytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muxtasar aytganda xalqaro tajribani o‘rganish va maqbul texnologiyani tanlab ishlab chiqarishga joriy etish ortidan iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bu esa taraqqiyotning muhim omilidir.
OKMK Axborot xizmati