• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK vakili xalqaro Kongressda

17 May 2023, 8:18 1816

Ayni kunlarda AQShning Pittsburg shahrida “10-superqotishmalar va ularning muqobillari” xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Har 3 yilda tashkil etiladigan ushbu nufuzli xalqaro anjumanda ilk bor O‘zbekistondan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisining nanotexnologiyalar va nanomateriallar bo‘yicha maslahatchisi, professor Elyorjon Jumayev ishtirok etmoqda.

Mazkur kongressda dunyoning 50dan oshiq taniqli kompaniyalari, jumladan, Rolls-Royce, NASA Glenn Research Center, Honda, Haynes International, US Department of Energy kabi kompaniya va tashkilotlar shuningdek, AQShning Oak Ridge National Laboratory, West Virginia University, Ohio State University, The University of Arizona, Michigan State University kabi yetakchi laboratoriya va universitetlari vakillari qatnashmoqda.

Tadbirda ekspertlar tomonidan qilingan ma'ruzalarda asosiy e'tibor hozirgi vaqtda dunyodagi superqotishmalarga bo‘lgan ehtiyojlar, ularning muqobillarini kashf etish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, ko‘plab intellektual ixtirolarga asoslangan har xil yangi turdagi mahsulotlarga qaratildi. Tadbirda o‘zaro fikr-mulohazalar almashinilib, takliflar bildirildi, hamkorlik qilish masalalar ko‘rib chiqildi.

Elyorjon Jumayev tomonidan OKMKda ilm-fan va sanoat integratsiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'ruza qilindi. Xususan, yosh olim tomonidan ixtiro qilingan nikel asosidagi superqotishma haqida ma'lumot berildi. Ushbu yangilik ko‘plab kompaniyalar tomonidan katta qiziqish uyg‘otdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech