"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi va Yoshlar ta’limi agentligi hamkorligida tashkil etilgan Prezident sovrini uchun "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorati milliy tanlovining viloyat bosqichi va Respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
E’tiborlisi ushbu tanlovda OKMK Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining Temirchilik-payvandlash sexi elektrogazpayvandchilari Husniddin Mamatqulov va Sanjar Bakirovlar ishtirok etishib samarali natijalarni qayd etishdi.
Xususan, Husniddin va Sanjar o‘z kasb yo‘nalishi bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Tanlovning Respublika bosqichida ham vakillarimiz faol ishtirok etib, faxrli uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi.
Tanlov g‘oliblariga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Prezidentimiz tomonidan tanlov g‘oliblariga yo‘llangan tabrikda g‘oliblar va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati