Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK xasta dillarga quvonch ulashdi

14 Noyabr 2025, 14:57 491

Bemorlarga mehr-muruvvat koʻrsatish, gʻamxoʻrlik qilish, muhtojlar holidan xabar olish xalqimizga xos boʻlgan ezgu amallardan sanaladi.

Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda “Sen kuchlisan” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan saraton xastaligiga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash xayriya aksiyasi ham ezgulikning amaldagi ifodasi boʻldi.

Dastkab, bolalar uchun turli ertak qahramonlari ishtirokida sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.

Tadbirda soʻz olgan OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Saʻdi Shermatov kombinat tomonidan mana shunday ezgu amallar diomo qoʻllab-quvvatlanishini maʻlum qildi.

Aksiya doirasida bemor bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlari, rasmlar ko‘rgazmasi hamda savdo yarmarkasi ham oʻtkazildi.

25 nafar bemor bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlari auksion orqali xaridorlarga sotildi.

E’tiborlisi OKMK tomonidan bolajonlar tomonidan tayyorlangan ramziy surat rekord summa – 50 000 000 soʻmga xarid qilindi.

Auksion savdolarida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

-  OKMK koʻmagida tashkil etilgan bugungi tadbir bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Bundan keyin hamkorligimiz davom etishini istardim. Bu kabi tadbirlar bemor bolajonlarda hayotga boʻlgan qiziqishlarini oshirib, yashashga boʻlgan umidlarini kuchaytiradi. Hozirda loyihamiz orqali mamlakatimizdagi 500ga yaqin bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlab kelayapmiz.

Fursatdan foydalanib, mana shunday ezgu amallarni boshidan tutgan Prezidentimizga va kombinat rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman,-  deydi “Sen kuchlisan” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Marjona Nurmuhamedova.

Tadbir davomida 25 nafar bolajonlar uchun OKMK tomonidan esdalik sovgʻalari ham ulashildi.

Shunigdek, bolajonlar dunyodagi eng yirik konlardan sanalgan Qalmoqqir konidagi jarayonlar bilan ham tanishdilar.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech