• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

26 Avgust 2022, 14:46 1790

Xabaringiz bor, joriy yilning  mart oyida o‘tkazilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida OKMK va Xitoyning “BGRIMM” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida 2022 yilning 25 avgust kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati hamda Xitoyning “BGRIMM” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda yo‘l xaritasida belgilangan mavzular muhokama qilindi. Xususan, "Oksidlangan rudalarning texnogen chiqindilarini qayta ishlash" loyihasining texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlarini tartibga solish va qayta hisoblash, boyitish fabrikalari uchun uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, yo‘l xaritasi vazifalarini bajarish mexanizmlari muhokama etildi. Shuningdek, kombinat uchun laboratoriya jihozlarini yetkazib berish  masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar chog‘ida kompaniyalarni strategik rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Kombinatda ishlab chiqarilgan metall va boshqa tovarlarni tayyor mahsulot holatida qayta ishlash sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha  tasdiqlandi.

Ma'lumot uchun “BGRIMM” kompaniyasi Xitoyning kon-metallurgiya fanlari va muhandislik texnologiyalariga ixtisoslashgan eng yirik ilmiy-ishlab chiqarish muassasasidir.

Asosiy faoliyati mineral resurslar, ilg‘or texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish, shuningdek qayta ishlash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muhandislik-texnik xizmatlar va uskunalar bilan ta'minlashdir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech