• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK xodimlari uchun o'quv trening mashg'ulotlari

14 Iyun 2024, 19:55 870

Joriy yilning 13 iyun kuni “Metallurg” MSda iqtisodiy-ijtimoiy mavzularda kombinat ishchi-xodimlari uchun oʻquv trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Unda kombinat tarkibiy boʻlinmalarida faoliyati yuritib kelayotgan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish boʻlimi boshliqlari, Xodimlar bilan ishlash boʻlimi rahbarlari, Xotin-qizlar va gender tenglik boʻyicha maslahat kengashlari hamda Yoshlar ittifoqi raislari, Kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etishdi.

Oʻquv mashgʻulotlarini "Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy tadqiqot markazi professori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir Umurzakov olib bordi.

Inson hayotda doimiy harakatda boʻladi va oʻz ehtiyojlarini, manfaatlarini qondirish maqsadida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Ushbu soha haqida bilim va tushunchaga ega boʻlgan insongina katta yutuqlarga erishadi. Har bir oila aslida kichik bir jamiyat. Uning oʻz daromadlari, hisob-kitobi, kirim-chiqimlari bor. Ularni boshqarish, tartibga solish esa bir yoki bir necha kishining zimmasida boʻladi. Ammo oilaning umumiy farovonligi baribir undagi moliyaviy savodxonlik darajasiga borib taqaladi. Oʻquv mashgʻulotida moliyaviy savodxonlik, mehnat munosabatlari, yurtimizda mehnat qonunchiligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻliq ma’lumot berildi.

Jumladan, 2024 yil 1 yanvar holatiga mamlakatimizda aholi soni 38 mln., 7 ming kishini tashkil qilib, ulardan 19 mln 225 ming nafari mehnat resurslariga(50,6%) kiradi. Iqtisodiy faol aholi 76,3% yoki 14 mln 672 ming kishi, iqtisodiy faol boʻlmaganlar 23,7% yoki 4 mln 553 ming kishini tashkil etadi.

Iqtisodiy faol aholidan mehnat bilan bandlar esa 13 mln 672 ming, ulardan 6 mln 305 ming nafar rasmiy sektorda, 7 mln 367 ming nafari esa norasmiy sektorda ishlaydi. Ishga joylashishga muhtoj shaxslar 1 mln kishi, ishsizlik darajasi 6,8%.

Tadbir mobaynida yurtimizda kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha ham ma’lumotlar taqdim etildi. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shaxsiy brendni yaratish orqali mahsulotlarni sotish, dunyoga tanitish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yurtimiz iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasi, eng yirik ish beruvchi sifatida e’tirof etilishi bildirildi.

Bu kabi oʻquv mashgʻulotlari kelgusida ham bardavomlik kasb etishi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech